Yoshlar siyosati va sport vaziri FIDE prezidenti bilan uchrashdi

19:06 27 Dekabr 2023 Siyosat
885 0

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov hamda FIDE prezidenti Arkady Dvorkovich oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda shaxmat boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib borayotganligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizda sohada olib borilayotgan davlat siyosati hamda Samarqandda tashkil etilgan Jahon chempionati yuqori saviyada oʻtkazilayotganini taʼkidladilar.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ushbu soha boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish va kelgusi rejalar boʻyicha kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер