“Yoshlar oyligi” doirasidagi uch yuzdan ortiq tadbirlar rejalashtirilgan. Karantin davrida ular qanday oʻtkaziladi?

19:26 02 Iyun 2020 Jamiyat
2052 0

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan 2020-yilning 1-iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxtimizda “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar beradi.

Unga koʻra, “Yoshlar kuni” uchun poytaxtning har bir tumanida dastur ishlab chiqilgan boʻlib, shahar miqyosida onlayn shoular, onlayn konsertlar, sportchilar bilan suhbatlar moʻljallagani, shuningdek, barcha tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan holda oʻtkazilishi maʼlum qilindi. “Yoshlar oyligi” doirasida 1-30-iyun kunlari poytaxtimizda 300dan ziyod tadbirlar boʻlib oʻtib, jami 100 mingdan ortiq yoshlarni internet orqali qamrab oladi.

Dasturga binoan, 30 yoshga toʻlmagan muvaffaqqiyatli insonlar bilan online suhbatlar oʻtkazish, Yoshlar markazida “Bandlik markazi”ni tashkil qilish, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari” toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlar hamda rasmiy kanallar orqali «Mehnat yarmarkalari»ni oʻtkazish, tadbirkorlik obyektlariga onlayn sayohat, «Vzglyad molodogo xudojnika», “MegaMozg” kabi koʻplab loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yulduz OʻRMONOVA,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер