“Yoshlar oyligi” doirasida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida oʻtkazilayotgan “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Bunda vazirlik va idora rahbarlari hamda hokimlar tomonidan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotlari tashkil etilib, yoshlar siyosati yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda kelgusidagi rejalar muhokama etiladi.
Ilk uchrashuv 21-iyun kuni maktabgacha va maktab taʼlimi, raqamli texnologiyalar va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda ishtirok etish uchun yoshlarga alohida maxsus yoshlar uchrashuvi boti orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyati taqdim etildi. 200 dan ortiq yoshlar ishtirok etgan mazkur muloqot soʻnggida loyiha hamkorlari, volontyorlar, jamoatchilik faollari munosib taqdirlandi.

Maʼlumot uchun: 2024-yil davomida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi rahbarligida 9 452 ta mahallada 8,3 mln nafar “yoshlar balansi”ni shakllantirish orqali ularni kasb-hunar va chet tillariga oʻrgatish, bandligini taʼminlash hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ishlar amalga oshirildi.
Davlat idoralarining 7 965 nafar rahbarlariga alohida ishlash talab etiladigan 122 715 nafar yoshlar nomma-nom biriktirilib, bugungi kunda rahbarlar tomonidan 108 264 nafar yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi va 18 236 nafarining turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi.

















Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring