“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini ishlatish tizimi oʻzgartiriladi

17:37 11 Aprel 2023 Siyosat
943 0

Foto: president.uz

Yigʻilishda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini ishlatish tizimi ham oʻzgarishi maʼlum qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Bu jamgʻarma yoshlarni koʻproq kasbga, tadbirkorlikka oʻrgatib, bandligini taʼminlashga xizmat qilishi kerak boʻlsada, hokimlar atigi 10 foiz mablagʻni bandlikka yoʻnaltirgan, “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:

- endi yoshlarga kasbga oʻqish, mehnat quroli, urugʻ-koʻchatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- urugʻ va koʻchat uchun 2,5 million soʻm oʻsha hududdagi urugʻ-koʻchat xoʻjaliklaridan sotib olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;

- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf oʻquvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga oʻqitishga yoʻnaltiriladi;

- joriy yilda zamonaviy kasblarga oʻqitish uchun 100 milliard soʻm ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar oʻqitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablagʻ ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер