“Yoshlar bogʻi” choʻlni boʻstonga aylantiradi

11:26 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
975 0

Andijon viloyatining eng chekka hududlaridan biri boʻlmish Ulugʻnor tumani choʻllikdan iborat boʻlib, hali oʻzlashtirilmagan maydonlarga ega. Yangi tashabbus yangi loyihalar asosida qanot yozib bu yerda bogʻ yaratishga kirishildi. Eng quvonarli jihati, ana shu maqsadda 603 gektar maydon tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan yoshlarga taqsimlab berildi. Choʻlni boʻstonga aylantirishi koʻzda tutilayotgan “Yoshlar bogʻi” nomi bilan ataluvchi ushbu hududda ishlar avjida.

— Bir paytlar bu yerlar qumloq boʻlgan,-deydi mehnat faxriysi Sobirjon ota Abduraimov. –Hududni oʻzlashtirishda faol ishtirok etdik. Ayni paytda tumanimiz chiroyli maskanlardan biriga aylangan. Uni yana-da obodlashtirish uchun viloyatimizning tashabbuskor yoshlari yeng shimarib ishga kirishdilar. Biz nuroniylar ularni duo qilibgina qolmasdan, tajribamiz bilan oʻrtoqlashib, mehnatida yelkama-yelka turishga qaror qildik.

Ayni paytda bogʻda burgʻulash usulida 1 ta quduqqa suv olib chiqilib, qolgan 7 ta quduqda ishlar davom etmoqda. 40 km masofadagi zakan va zovurlarning 25 km masofasi toʻliq tozalandi. Kelgusida bu yerda choʻl hududiga dosh bera oladigan mevali daraxtlardan iborat maskan boʻy koʻrsatadi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер