Yosh olimlarning loyihalari muhokamasi boshlandi

21:27 18 Noyabr 2020 Jamiyat
941 0

2020-yil 18-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Tibbiyot fanlari” boʻyicha Ilmiy texnik kengashning navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga qaratilgan maxsus bajarilishi 2020-2022-yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar tanlovining 28-turi boʻyicha topshirilgan va oʻrnatilgan tartibda dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkazilib, “Tibbiyot fanlari” boʻyicha Ilmiy-texnik kengashda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ushbu tur tanlovida “Dilyatatsion, peripartal va gipertrofik kardiomiopatiyalarni differensial davolash texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusi eʼlon qilingan. Mavzu doirasida bajariladigan amaliy loyihaning umumiy moliyalashtirish hajmi 3,0 mlrd soʻm boʻlib, bajarilishi uch yilga moʻljallangan. Ushbu mavzuga ikkita loyiha topshirilgan. Har ikkala loyiha ham ekspertlar tomonidan ijobiy baholangan.

Mavzu doirasida yurak yetishmovchiligi boʻlgan pasaygan (kengaygan, peripartal kardiomiopatiya) va saqlanib qolgan (gipertrofik kardiomiopatiya) chap qorincha fraksiyasi mavjud bemorlarda genotipik buzilishlar oʻrganiladi. Shuningdek, ushbu toifadagi bemorlarda kasallikka ruhiy reaksiyalar darajasi taʼsiri tadqiqi etiladi. Instrumental va biokimyoviy belgilar asosida ishemik va peripartal kardiomiopatiyani differensial davolash (jarrohlik va dori usullari) uchun koʻrsatmalar hamda dilatatsion, peripartal va gipertrofik kardiomiopatiyalarni differensial davolash texnologiyalari ishlab chiqiladi.

Majlisda iqtidorli yosh olimlarning ilmiy-innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tashkil etilgan “Yosh olimlarning amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi” boʻyicha topshirilgan loyihalar ham koʻrib chiqildi. “Turli jarohatlarda teri qatlamlarining regenerativ jarayonlarini stimulyatsiya qilish uchun biriktiruvchi toʻqima hujayralari asosida muhandislik toʻqima konstruksiyali biomaterial olish texnologiyasini yaratish” mavzusida topshirilgan loyihalarning har biriga 2 nafardan mutaxassis olimlardan ekspert sifatida belgilangan boʻlib, ijobiy xulosa olgan loyihalar ilmiy rahbarlarining taqdimoti oʻtkazildi.

Ilmiy-texnik kengash muhokamasi natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatida ovozga qoʻyish yoʻli bilan tasdiqlanadi yoki rad etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер