Yosh olimlar safi yanada kengaytiriladi

15:44 05 Mart 2019 Jamiyat
1142 0

“Xalq soʻzi ONLINE”/Yulduz Oʻrmonova. Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumani boshlandi.

Tadbirda “Yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya qilish borasidagi belgilangan chora-tadbirlar, shuningdek, ularning fan va texnika rivojlanishidagi oʻrni” mavzuida soʻz yuritilmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy oʻquv yurtlari vakillari, yosh olimlar, talabalar hamda OAV xodimlari qatnashayotgan anjumanni vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov ochib berdi.

U oʻz nutqida yosh olimlar ilmiy darajasi 2017/2018 yillarda 31,2 foizdan 34,5 foizga oshganini alohida aytib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер