Yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

18:23 03 Dekabr 2021 Jamiyat
1249 0

“Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostidagi yoshlar oyligi doirasida bir qator sport musobqalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, 2021-yilning 1-dekabr kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida yosh harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Toshkent shahar hokimi — harbiy-maʼmuriy sektor rahbari kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Yosh harbiy xizmatchilarning jismoniy barkamol boʻlib ulgʻayishini taʼminlash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan musobqada Qurolli Kuchlar akademiyasi, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi, Toshkent harbiy okrugi, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi, Xalqaro ayeroport xavfsizligini taʼminlash qoʻshini qoʻmondonligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Ichki ishlar akademiyasi, Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi, Qoʻriqlash boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, 55159-harbiy qism yoshlaridan iborat 16 jamoa ishtirok etdi.

Ular sportning mini futbol, arqon tortish, suzish (100 va 200 metrga), bsketbol, estafeta, stol tennisi turlari boʻyicha oʻzaro raqobatlashdi.

Madina Gʻuzorova, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер