Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish zarurati

16:33 08 Oktyabr 2024 Jamiyat
323 0

Illyustrativ foto

Sovuq tushishi bilan xonadonlarda fuqarolar, tashkilot va korxonalarda ishchi xodimlar isitish pechlariga ehtiyoj sezishadi. Bunda ular yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilishlari lozim bo‘ladi.

Shu maqsadda hozirda mas’ul xodimlarimiz tuman gaz ta’minoti va elektr tarmoqlari idoralari, mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar turarjoylarining turli xil tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga qarshi holati tekshirilib, muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, qoidabuzarlik holatlari mahalla fuqarolar yig‘inlarida keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama etilib, tegishli choralar ko‘rilyapti.

Shuni ta’kidlashni istardimki, favqulodda vaziyatlarning oldini  olishda fuqarolar elektr qurilmalaridan foydalanishda texnik va yong‘in xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilishlari juda muhimdir. Gaz qurilmalaridan foydalanishda tabiiy gazdan rezina quvurlar orqali isitish pechlariga, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanmaslik, gaz uskunalarini nazoratsiz qoldirmaslik, yengil alangalanuvchi suyuqliklar (benzin, kerosin va shunga o‘xshash yonilg‘i mahsulotlari)ni saqlamasliklarini tavsiya qilamiz.

“Tilsiz yov”ga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lib, undan o‘rinli foydalanib, me’yor talablariga amal qilib, diqqat-e’tiborli bo‘lsak, yong‘in kelib chiqishining oldini olgan bo‘lamiz. Bu orqali mol-mulkingizni hamda o‘zingizni va yaqinlaringizni salomatligi hamda xavfsizligiga ulkan hissa qo‘shasiz.

Eslatib o‘tamiz, yong‘in kelib chiqqanda «101» qisqa raqamli tezkor navbatchilik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlarini chaqiring.

I. QO‘ZIYEV,

Chilonzor tumani FVB P va NB inspektori, katta leytenant.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер