Yashnobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda

19:31 16 Noyabr 2021 Jamiyat
786 0

Bugun, 16-noyabr kuni soat 17:32 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Hosilot” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumanning Aviasozlar, Tuzel, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Yangiobod, Dubovaya, 40 let, 58A shaharcha, Olmos va Goʻzal mahallalarining elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga koʻra, hozirda avariyaga qarshi maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlanadi va elektr energiyasi tarmoqqa ulanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер