Yashnobod tumanidagi Maxtumquli koʻchasining bir qismi vaqtincha yopildi
Yashnobod tumani Parkent va Maxtumquli koʻchalari kesishmasidagi uch qavatli koʻprik qurilishi ishlarini jadallashtirish va ish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida 3-mart soat 23:00 dan 13-martga qadar Yashnobod tumanidagi Maxtumquli koʻchasining Parkent, Mirzo Ulugʻbek va Pahlavon Mahmud koʻchalari oraligʻidagi qismi vaqtincha yopildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat“ maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur hududdan oʻtuvchi 44,95,110,119,129,152-avtobus yoʻnalishlarida qatnovchi avtobuslar oʻz harakatini 13-martga qadar Parkent, Temur Malik, Doʻrmon yoʻli, Gʻazalkent, Oltintepa va yana Parkent koʻchalari orqali davom ettiradi.
18,23,30- avtobus yoʻnalishlari esa Parkent, Qorasuv, Alimkent, Elbek, Pahlavon Mahmud, Mahtumquli koʻchalari orqali qatnaydi.
Mazkur yoʻnalishlardagi avtobuslar harakati vaziyatga qarab yana oʻzgartirilishi mumkin.
“Yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz” deyiladi AJ xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring