Yashirin yogʻ ishlab chiqarish sexida 235 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.V. fuqaro X.A.ga tegishli noturar binoning yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan yogʻ mahsulotlari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek I.V. umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulanib, jami 235 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kitob tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro “L.B.” tanishiga tegishli noturar binoning yordamchi xonasida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 600 litr yogʻ, 175 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring