Yashirin sex faoliyatiga chek qoʻyildi

11:02 08 Sentyabr 2022 Jamiyat
794 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Gʻ.Q. “Oʻratepa” MFY hududidagi binoda yashirin sex tashkil qilib, “PERSIL”, “ARIEL”, “MIF” va “TIDE” nomli savdo belgilaridan foydalangan holda kir yuvish kukunlarini tayyorlab sotayotganligi aniqlanib, jami 1 352 kg kir yuvish kukuni ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер