“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Murojaatnomada ekologiya, ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida soʻz yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham oʻylashimiz shartligi qayd etildi.
Amudaryo oʻzanida yangi kanal qurilishi boʻyicha qoʻshni Afgʻonistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro meʼyorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi taʼkidladi.
Mamlakatimizda suv xoʻjaligi tizimi isloh qilinishi taʼkidlandi.
“Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak”, - dedi Prezident.
Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash boʻyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring