“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas — Prezident
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari bu boradagi navbatdagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, bular:
— bahor mavsumida 125 million dona daraxt koʻchatlarini ekishni samarali tashkil etish;
— har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan koʻchatlarni tanlab, ularni yetarli miqdorda yetishtirish uchun koʻchatxonalarni koʻpaytirish;
— “daftarlar”ga kirgan, koʻchat ekish boʻyicha tajribasi bor aholiga koʻchatxonalar tashkil etish va zarur texnika, sifatli nihollar va urugʻlar xarid qilish, koʻchatlar yetishtirish uchun subsidiyalar ajratish;
— koʻchatlarni yetkazib berishda ochiq-oshkoralikni taʼminlagan holda, ularning narxi asossiz oshib ketmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
— kamida 10 million dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini aholiga bepul tarqatish;
— xalqaro va respublika ahamiyatidagi yoʻllarning chetlariga 1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish.
Umuman, 1-martdan boshlab butun mamlakat boʻylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring