“Yashil makon” umummilliy dasturi izchillik bilan davom ettirilmoqda — SamDU

16:11 06 Noyabr 2023 Jamiyat
264 0

Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalari Prezidentimiz tomonidan eʼlon qilingan “Yashil makon” dasturi doirasida birgina 2022-yilda olis Qoʻshrabot tumanida 5 gektar maydonga 1500 tup, Nurobod tumani dashtida 12 gektar yerga 5000 tup mevali nihol ekib, bogʻ yaratgan edi.

Bugun ushbu dasturning davomi sifatida Jomboy tumanida joylashgan SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida 1.02 gektar yerga 2500 tupdan ortiq mevali va manzarali koʻchatlar oʻtqazildi.

Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur bogʻlar ilm-fanga asoslangan boʻlib, aholi oʻrtasida ekologik savodxonlikni shakllantirish, tabiatga daxldorlik tuygʻusini uygʻotishga qaratilgan.

— Bugun nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ekologik muammolar kuchaymoqda. Havoning ifloslanishi, suvning kamayishi, oziq-ovqat tanqisligi, yer va tuproq unumdorligini pasayishi kuzatilmoqda, — deydi Rustam Xolmurodov. — Bu kabi muammolar yashash imkoniyatimizni qiyinlashtirib, hayot sifatini pasaytiradi... Yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning eng muhim tomonidan biri aholi turmush farovonligini oshirishdan iborat. Shuning uchun ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi ishlab chiqildi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Qadimdan ajdodlarimiz ona tabiat bilan hamohang boʻlib yashaganlar. Afsuski, bugungi kunda tabiatga nisbatan isteʼmolchilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Iqlim oʻzgarishi tufayli yuzaga kelayotgan turli muammolardan butun insoniyat qattiq aziyat chekmoqda. Bunday holat barchamizdan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi”. Joylarda barpo etiladigan bogʻlar havoning tozalashi bilan birga hududdagi oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham hal etishga yordam beradi. Har bir inson bitta daraxt koʻkartirsa yoki ekologik madaniyatga rioya qilsa biz maqsadga erishgan boʻlamiz. Shahar va qishloqlarimizni ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlgan hududga aylantirish barchamizning vazifamizdir…

— Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida bogʻ barpo etilishi nazariya va amaliyotni uygʻunlashtirilgan tarzda olib borishga imkoniyat yaratadi. Bundan oʻqituvchi va talabalar ham mamnun, — deydi institut direktori, dotsent Toshpoʻlat Rajabov. — Endilikda yigit-qizlarimiz amaliyot va laboratoriya mashgʻulotlarini institutimizda oʻtkazishadi. Bugun yerga qadalgan nihollar kelajakda ulkan bogʻ boʻlishiga ishonaman.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati.

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер