“Yashil” yoʻlakdan dron uchib oʻtolmadi

10:09 22 Sentyabr 2020 Jamiyat
1104 0

Pandemiya sharoitiga qaramasdan davlat tashabbusi bilan xorijdagi fuqarolarimiz charter aviareyslar orqali Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinmoqda.

Ana shunday charter reyslar orqali «Vnukovo-Samarqand» yoʻnalishi Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro S.B. “yashil” yoʻlak orqali bojxona nazoratidan harakatlanadi. Fuqaroning xatti-harakatlari bojxonachilarning eʼtiborini tortdi, - deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Natijada uning bagaj sumkasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilishi taqiqlangan 1 dona “SKY QUEST DRONE” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan toʻldirilgan boʻlib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish boʻyicha jinoiy javobgarlik belgilangan.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер