Yaqin Sharqdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni 25 mingdan oshdi
Yaqin Sharq davlatlaridan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, 10-mart soat 07:00 holatiga koʻra, jami 25 047 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgan.
Bildirilishicha, shu kunga qadar Saudiya Arabistonidan 21 017 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan 3 555 nafar, Erondan 47 nafar, Qatardan 394 nafar, Bahrayndan 27 nafar, Oʻmondan 7 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilgan.
TIV xabariga koʻra, ayni paytda qaytarish ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlib turgan mamlakatlar orqali amalga oshirilmoqda.
“Vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring