Yaponiyada “aqlli” traktorlar yaratildi

18:46 03 Fevral 2020 Dunyo
1080 0

Foto: carscoops.com

Yaponiyaning ogʻir texnika ishlab chiqaruvchi “Kubota” kompaniyasi boshqaruvchisiz “X Tractor” nomli elektr traktorini namoyish etdi. Kompaniya vakillarining fikriga koʻra, ushbu texnika vositasi fermerlarning ishini yengillashtirishi kerak, deydi “esoreiter.ru”.

“Kubota” 2016-yildan beri Yaponiya hukumatining fermerlarni qoʻllab-quvvatlash dasturining aʼzosi boʻlib, dasturning mohiyati – nafaqaga chiqayotgan qishloq xoʻjaligi kadrlarini yigirma xil robotlar bilan bosqichma-bosqich almashtirishdir.

Yaponiya qishloq xoʻjaligi vazirligining maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi fermerlarning oʻrtacha yoshi 67 yoshni tashkil etgan 2016-yilda dunyo boʻylab fermerlarning oʻrtacha yoshi 60 yosh boʻlgan. Yaponiyada mehnatga layoqatli odamlar qishloq xoʻjaligida yildan-yilga kamayib bormoqda, bu esa oʻz navbatida, oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin.

Hukumat dasturini amalga oshirish uchun “Kubota” boshqaruvchisiz qishloq xoʻjaligi texnikasini, shuningdek, odamlarga hosilni yigʻish va tashishni osonlashtiradigan maxsus ekzoskeletlarni ishlab chiqarishga kirishdi. “Xitachi”, “Iseki” va “Yanmar” kompaniyalari ham ushbu dasturda ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер