Yaponiya umumtaʼlim maktablariga moʻljallangan “Jahon tarixi” fani oʻquv qoʻllanmasining muqovasi “Sherdor” madrasasi surati bilan bezatildi
Foto: Illustrativ foto
Samarqand shahridagi dunyoga mashhur Registon majmuasida joylashgan Sherdor madrasasi surati Yaponiya umumtaʼlim maktablarining “Jahon tarixi” darsligi (9-12-sinflar) muqovasiga joylashtirildi.
Darslik Yaponiyaning eng yirik “Yamakawa Shuppansha Ltd.” nashriyoti tomonidan tayyorlangan. Qoʻllanma aprel oyidan boshlab yangi oʻquv yilida tarix fanidan darslik sifatida foydalanish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring