Yaponiya tashqi ishlar vaziriga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berildi

13:43 30 Aprel 2022 Jamiyat
909 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

Oʻzbekistonga ikki kunlik tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasu Xayashi bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziriga Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev universitet tarixi va faoliyati, Yaponiyadagi hamkor universitetlar bilan munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar, yapon tilini oʻrganish dasturlari bilan tanishtirildi.

Vazirga JIDU faxriy doktori unvonini berish toʻgʻrisidagi universitet Ilmiy kengashining qarori oʻqib eshittirildi hamda bu haqdagi diplom va mantiya tantanali ravishda topshirildi.

JIDU faxriy doktori Yosimasu Xayashi universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari oldida soʻzga chiqib, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining faoliyati, mamlakatimiz bilan ikki tomonlama hamkorlikning muhim yoʻnalishlari haqida aytib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер