Yangilanayotgan Konstitutsiya islohotlar izchilligi va samaradorligini taʼminlaydi

15:53 11 Aprel 2023 Siyosat
460 0

2023-yil 6-7-aprel kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Samarqand viloyatida ham qator uchrashuv va tadbirlar oʻtkazdi.

Joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi tahrirda qabul qilish boʻyicha referendum oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni parlament deputatlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari atroflicha muhokama qildilar, tajriba almashdilar. Kattaqoʻrgʻon shahri va viloyat markazining oʻzida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishlarda 400 nafardan ortiq deputat ishtirok etdi.

Deputatlar referendumni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar darajasi va sifatini yuqori baholadilar. Boʻlajak yirik siyosiy voqea munosabati bilan fuqarolarning yuqori ishtiyoqi, ovoz berishda faol qatnashishdan manfaatdorligi taʼkidlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqan deputatlar Konstitutsiyamizning yangi tahriri qabul qilinayotganiga fuqarolar ongli munosabatda boʻlayotganini, har birimizning yanada yaxshiroq, xavfsizroq, chuqur mazmun bilan toʻldirilgan hayotimizga daxldor boʻlayotgan haqiqiy demokratiya va xalq boshqaruvini barpo etish yoʻlidagi umumbashariy keng koʻlamli yutuq sifatida qabul qilinayotganini taʼkidladilar.

Soʻnggi yillarda jamiyatimiz tomonidan gender tengligini taʼminlash, oila institutini rivojlantirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida erishilgan yutuqlar alohida qayd etildi. Deputatlar hayotdan aniq misollar keltirib, Konstitutsiyaning yangilanishi asosliligi, yuqorida koʻrsatilgan sohalardagi islohotlar izchilligini va samaradorligini taʼminlashi haqida gapirdilar.

Kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirishga qaratilgan Konstitutsiyaviy normalarning amaliy ahamiyati alohida qayd etildi. Deputatlar qonun loyihasi ayrim normalarining mazmun-mohiyatini ochib berish misolida tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirda qabul qilinayotgan Bosh qomusimizning mehnatkashlar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat sifatidagi istiqbollarini atroflicha tushuntirib berdilar.

Deputatlar Samarqand viloyatiga ikki kunlik tashrifi chogʻida bir qator muhim ijtimoiy obyektlar, xususan, Paxtachi tumanidagi oilaviy poliklinika va Yoshlar markazi, shuningdek, Samarqand tumanidagi Qoʻshtamgʻali mahallasi fuqarolar yigʻini faoliyati bilan atroflicha tanishdilar. 

Huquqni qoʻllash amaliyotining holatini jamoatchilik va ekspertlar bilan har tomonlama muhokama qilish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha tushayotgan takliflarni umumlashtirishga muvaffaq boʻlindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер