Yangiyo’lliklar qachon yangi yo’llarda yurishadi? (Foto-tanqid)
Ushbu suratlarda ko’rib turgan yo’llaringiz mamlakatimizning chekka hududlarida emas.
Bu yo’llar shundoqqina poytaxt Toshkent shahri chegarasidan atigi bir necha chaqirim narida joylashgan Yangiyo’l tuman A. Ortiqov qishloq fuqarolar yig’iniga qarashli Samarqand va Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inlari hududidan o’tgan.
Ushbu yo’llar atrofida joylashgan mahallalarda 20 mingdan ko’proq aholi yashaydi. Mazkur yo’ldan Toshkent shahridan Yangiyo’lga yo’lovchi avtobuslar qatnaydi. Ushbu yo’nalishda xizmat ko’rsatuvchi haydovchilarning hasratidan chang chiqadi. Sabab yo’lning biror metr joyi yo’qki, ta’mirtalab bo’lmagan.
Ushbu yo’llarning oxirgi marta ta’mirlanganiga 40 yildan oshibdi. Hozirgi kunda bu yo’llar batamom yaroqsiz holga kelgan (Buni havola etilayotgan suratlar ham ko’rsatib turibdi).
Ushbu hududda yashovchi aholi ancha yillardan bo’yon mutasaddi tashkilotlarga — tuman hokimligiga, tuman yo’l qurilish bo’limiga va shuningdek, Toshkent viloyati hokimligiga ham ko’p marta murojaat qilishdi. Ammo hech qanday natija bo’lmayotir.
Iltimos, shu murojaatimizga e’tibor qaratib, bizlarning ham ravon yo’llarda yurishga bo’lgan orzuimizni amalga oshishiga yordam bersangiz, deyishmoqda bu erda yashovchi aholi vakillari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring