Yangihayotda Oʻzbekiston — Xitoy qoʻshma korxonasining birinchi servis koʻrsatish va sotuv markazi ish boshladi

21:41 13 Iyul 2021 Iqtisodiyot
1473 0

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-yanvardagi №PQ-2109 sonli qaroriga muvofiq chet el investitsiyalarini kiritish bilan 2014-yil may oyida “UzXCMG” qoʻshma korxonasi tashkil qilingan edi.

Qoʻshma korxonaning asosiy faoliyati “UzXCMG” tovar belgisi ostida barcha turdagi gidravlik ekskavator va buldozerlar hamda turli vazifalarga moʻljallangan qurilish texnikalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat koʻrsatishdan iborat.

“UzXCMG” MCHJ qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan texnika Yaponiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining (ISUZU, KAWASAKI) dvigatellari va gidravlika tizimlari bilan jihozlangan va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Xitoyning XCMG korporatsiyasi bilan imzolangan kelishuvga asosan “UzXCMG” MCHJ qoʻshma korxonasi negizida gidravlik ekskavatorlarning 5 ta asosiy qismini mahalliylashtirish (rama, povorotnaya rama, strela, rukoyat, kovsh), yaʼni

III-bosqichga oʻtishda qoʻshimcha yangi texnologik uskunalar va asboblarni sotib olish, ishchi-xodimlarni oʻqitish va alohida metall konstruksiyalarni, detallarni “UzXCMG” MCHJ qoʻshma korxonasi va respublikamizning boshqa sanoat korxonalarida mahalliylashtirish hamda keyinchalik mahalliylashtirish koʻrsatkichini 51 foizdan yuqori darajaga yetkazish rejalashtirilgan.

“UzXCMG” MCHJ qoʻshma korxonasi faoliyati davomida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 1700 donaga yaqin har xil turdagi meliorativ, qurilish va yoʻl qurilish hamda maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, oʻz egalariga yetkazib berilishi taʼminlangan.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, “UzXCMG” MCHJ qoʻshma korxonasi negizida ishlab chiqarilgan texnikalarga servis xizmatlari koʻrsatish va sotuv markazi yaratish toʻgʻrisida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Xitoyning XCMG korporatsiyasi oʻrtasida oʻzaro imzolangan kelishuvga asosan, bugun qoʻshma korxona taʼsischiligida birinchi servis va sotuv markazi Toshkent shahrida tashkil etildi. Markazning ochilish marosimida Xitoyning XCMG korporatsiyasi vitse prezidenti Lyu Hanson hamda «Oʻzbekiston temir yoʻllari ” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Husnitdin Xasilov, shuningdek, jamiyatning bir qator boshqarmalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Zamonaviy texnikalar hamda markaz binosi bilan yaqindan tanishish barobarida, markazning majlislar zalida xitoylik hamkorlar bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash borasida oʻzaro muloqot ham boʻlib oʻtdi.

— Hozirgi kunda korxona mahsulotlariga kun sayin talab va ehtiyoj ortib bormoqda deydi, — Xitoyning XCMG korporatsiyasi vitse prezidenti Lyu Hanson. Shu bois, mana shunday markazni ochib, ularga servis xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga qaror qildik. Biz Oʻzbekiston hukumatiga faoliyatimizni qoʻllab quvvatlab, markaz ochishga yer ajratib berganligi uchun oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Joriy yil yakuniga qadar bunday markazlar Navoiy va Andijon shaharlarida ham tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Mazkur markazda marketing boʻlimi, majlislar zali, qurilish va maxsus texnikalar operatorlarini oʻqitish uchun oʻquv markazi, shuningdek, joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirib xizmat koʻrsatish uchun sex ham mavjud boʻlib, bugungi kunda Toshkent shahridagi yirik xaridorlar bilan yetkazib berilayotgan texnikalarni joriy va kapital taʼmirlab berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Bundan tashqari talab va ehtiyojlarga qarab, ushbu markaz orqali xaridorlarga butlovchi qismlar ham yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер