“Yangihayot”da “Green park” istirohat bogʻi ochiladi

10:30 01 Fevral 2021 Jamiyat
1183 0

Yangihayot tumani Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari Sputnik dahasidagi istirohat bogʻini zamonaviy koʻrinishda ishga tushirish va 17 gektar maydonda obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun ijaraga berilgan xorijlik investor bilan bir qator masalalar yuzasidan suhbatlashdi. Bu haqda Yangihayot tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ijara shartnomasiga koʻra, investor tomonidan istirohat bogʻi hududini obodonlashtirish, yangi turdagi atraksionlarni oʻrnatish, sport maydonchalarilarini zamonaviy koʻrinishga olib kelish, musiqiy favvora, shuningdek, koʻl atrofida dam olish maskani, kichik golf maydoni qurish kabi ishlarni amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Suhbat davomida istirohat bogʻida hududni obodonlashtirish ishlarini tez orada boshlashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер