Yangihayotda “Bolaga kitob bering” nomli tadbir tashkil etildi
Bugun 2-aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” munosabati bilan Yangihayot tumani hokimligi tomonidan “Bolaga kitob bering” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – bolalar shoiri Dilshod Rajab, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida mehmonlar kitobning bolalar hayotidagi oʻrni, sevimli asarlari va bolalik xotiralari haqida soʻzlab berishdi.

Shuningdek, tadbir davomida nomdor nashriyotlar ishtirokidagi kitob yarmarkalari va oʻquvchilarning bilimini sinash uchun qiziqarli savol-javob tarzidagi viktorina oʻtkazildi. Viktorinada savollarga toʻgʻri javob bergan bolajonlarga hokimlik tomonidan kitoblar ulashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring