Yangihayotda 1650 oʻrinli maktab foydalanishga topshiriladi
Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov tumandagi maktablar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Dastavval hokim 332-umumtaʼlim maktabidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Maktab 1650 oʻringa moʻljallangan boʻlib, tez orada foydalanishga topshiriladi.
Shundan soʻng tuman hokimi 331-umumtaʼlim maktabida boʻlib, bu yerdagi oʻquv jarayonlari, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, maktabdagi sport zali koʻzdan kechirilganda, bu yerda bir necha turdagi sport anjomlariga ehtiyoj borligi aniqlandi. Hokim tomonidan tuman moliya boʻlimiga ushbu kamchilikni bartaraf etish haqida koʻrsatma berildi. Ushbu muammo yaqin kunlarda oʻz yechimini topadi. Shuningdek, tuman hokimi maktab oʻqituvchilari bilan suhbatlashib, ularning taklif-mulohazalarini tingladi.
Tuman hokimining maktablar faoliyati, oʻquvchi va oʻqituvchilar sharoitlarini oʻrganish kunlari davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring