Xorazmda 15 yashar qizni zo‘rlagan 11 kishi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, ularning 3 nafari qamoqqa olingan
Illyustrativ foto
Xorazm viloyati Yangiariq tumanida 2006 yilda tug‘ilgan qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlanganligi haqidagi xabarlar jamoatchilik orasida keng muhokama bo‘lmoqda.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Xorazm viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu holat bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan avvaldan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan.
3 nafar ayblanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, jinoyat ishi doirasida bir qator murakkab ekspertizalar o‘tkazish jarayoni ketmoqda va holatga aloqador shaxslar batafsil suroq qilinmoqda.
Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.
Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring