Yangi turmush qurgan yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.
Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
— bozor stavkasida mijoz xohishiga koʻra 6 oy imtiyozli davr bilan;
— 20-yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
— boshlangʻich badali yakka tartibdagi xonadonda qoʻshimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda.
Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim, jumladan:
— kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan boʻlishi;
— “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi lozim);
— daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega boʻlishi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring