“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirishning dolzarb masalalari va ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi

14:20 06 Dekabr 2023 Siyosat
213 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan hamkorlikda tashkil qilindi.

Konferensiyada sohaning xalqaro doiradagi yetakchi mutaxassislari, jumladan, Qozogʻiston, Turkiya davlatlari, “Mintaqaviy muloqot” XNT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ekspertlari, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori, shuningdek, sud-huquq sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy vakillar ishtirok etishdi.

Konferensiya oʻz ishini ikkita sessiya doirasida olib borib, dastlab “Yangilangan Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasining muhim huquqiy poydevori” mavzusida ekspertlar fikri tinglandi.

Xususan, konstitutsiyaviy islohotlar huquqiy tizim taraqqiyotining muhim omili ekanligi Qozogʻiston Respublikasi tajribasi misolida tahlil qilindi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga atroflicha toʻxtalindi. Shuningdek, ekspertlar tomonidan huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan sifatli taʼlim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli boʻlish sharoiti mavjud boʻlgan, -ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro oʻz muammolari bilan yolgʻiz qolmaydigan adolatli davlat ekanligi qayd etildi.

Oʻzbekistonni dunyoviy davlat sifatida belgilash dunyoviy taraqqiyot, turli din va mazhablar oʻrtasida bagʻrikenglik va totuvlikni mustahkamlashga, diniy birlashmalarning mustaqil faoliyat yuritishiga, din va eʼtiqod erkinligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Konferensiyaning ikkinchi sessiyasi "Inson huquq va manfaatlarini taʼminlash - yangi tahrirdagi konstitutsiyani amalga oshirishning bosh maqsadi mavsuziga bagʻishlandi.

Sessiya davomida dastlab odil sudlovni amalga oshirishda Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashning dolzarb masalalari xususida soʻz yuritildi, shuningdek, odil sudlovdan foydalanishni taʼminlashga doir davlat kafolatlarini taʼminlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilindi.

Shuningdek, konferensiya davomida yeshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga doir konstitutsiyaviy normalarni oshirishning amalga ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashildi.

Konferensiya davomida xorijiy va xalqaro ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya yuksak baholandi.

 Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер