Yangi soliq turi Yevropa Ittifoqi uchun yangi daromad manbaiga aylanadi
Yevropa parlamenti uglerod soligʻi deb nomlangan yangi soliqqa ovoz berdi. Endi karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish standarti past boʻlgan mamlakatlardan olib kiriladigan tovarlarga nisbatan qoʻshimcha boj toʻlovi qoʻllanilishi mumkin. Maʼlumki, karbonat angidrid chiqindilari iqlimga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ushbu toʻlov elektr, sement, poʻlat, alyuminiy, qogʻoz, shisha kabi energiya ishlab chiqaradigan yoki isteʼmol qiladigan sanoat mahsulotlariga tegishli.
Yevropa Ittifoqining hisob-kitoblariga koʻra, soliq har yili umumiy xazinaga 5 dan 14 milliard yevrogacha foyda keltiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring