Yangi quriladigan bino va inshootlar hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratiladi

11:17 24 Noyabr 2023 Jamiyat
319 0

Illyustrativ foto

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2024-yil 1-martdan:

— yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;

— atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari boʻyicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida oʻz va tutash hududlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy boʻlgan talab etib belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер