Yangi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi

22:02 05 May 2021 Jamiyat
822 0

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, u bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan oʻzgarishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda sud-huquq idoralari vakillari hamda OAV xodimlari qatnashdi.

Taʼkidlanganidek, sud-huquq tizimini takomillashtirish — davr talablaridan biri. Bu borada mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilyapti. Inson huquq va erkinliklariga oid normalar ishlab chiqilib, amaliyotda samarali qoʻllanilayotgani eʼtiborga loyiq. Jumladan, Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning qonuniy huquqlari himoyasini yangi bosqichga koʻtaradi.

— Qonun bilan bir qator oʻzgarishlar kiritildi, — deydi Konstitutsiyaviy sud sudyasi Sayyora Koshayeva. — Xususan, davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni saqlash zarur boʻlganda sudning yopiq majlisi oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilishi belgilandi. Ilgari yopiq sud oʻtkazishning asoslari aniq koʻrsatilmagandi. Qolaversa, endilikda fuqarolar hamda yuridik shaxslar Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin. Bu yurtimizda inson huquqlarining toʻlaqonli taʼminlanayotganini ifodalaydi.

Anjumanda soha vakillari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер