“Yangi Oʻzbekiston — yangi bank” filmi suratga olindi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi DUK hamda Asakabank AJ bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston — yangi bank” hujjatli filmi suratga olindi.
“Asakabank” AJ buyurtmasiga binoan suratga olingan kinokartina motivatsion hujjatli film boʻlib, nogiron boʻlishiga qaramay, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olayotgan talabaning hayoti misolida yoritib beriladi.
Ssenariy muallifi Dilshoda Qosimova, rejissyor Botir Moʻminov, operator Odiljon Qosimov, rassom Rustambek Shayonov, kartina direktori Orifjon Sobirov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring