“Yangi Oʻzbekiston” shaharchasida yangi maktab foydalanishga topshirildi

13:49 26 Avgust 2025 Jamiyat
194 0

Gʻijduvon tumanidagi “Baraka” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Yangi Oʻzbekiston” shaharchasi barpo etilganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Choʻl bagʻrida qad rostlagan shinam koʻp qavatli uylari bilan koʻrkam qiyofa kasb etib turgan bu goʻshada ayni damda 400 tadan ziyod oila umrguzaronlik qilmoqda. Ular uchun birin-ketin qulayliklar yaratilyapti.

— Mustaqillik bayrami arafasida shaharchamizda zamonaviy umumtaʼlim maktabining koʻrkam binosi qurilib ishga tushirilgani barchani xushnud qildi, — deydi mazkur taʼlim maskani ochilish marosimida ishtirok etgan yoshlardan biri Xurshid Toʻxtayev. — Bu yerda oʻgʻil-qizlarning umumtaʼlim fanlarini chuqur oʻzlashtirishi, turli toʻgaraklarda qatnashib, iqtidorini yuzaga chiqarishi, sportning u yoki bu turi bilan shugʻullanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Peshtoqida 53-umumtaʼlim maktabi yozuvi tushirilgan bilim dargohi 1056 oʻquvchi oʻrniga ega. Ilm maskani masʼullari hali birinchi qoʻngʻiroq sadosi yangramay turib, taʼlim samaradorligi haqida qaygʻurishga kirishdi. Shu maqsadda nafaqat Buxoro viloyati, balki mamlakatimizda dongʻi ketgan Qorakoʻl akademik litseyi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Istam IBROHIMOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер