“Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududda “Hunarmandlar maskani” barpo etiladi va hunarmandlarga ijaraga beriladi

11:15 05 Iyul 2023 Jamiyat
305 0

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Respublika “Hunarmand” uyushmasi boshqarma boshligʻi Jamshid Tilyakov maʼlum qildi.

Farmonga koʻra, Toshkent shahar hokimligi va “Hunarmand” uyushmasiga 2024-yil 1-martga qadar mahalliy byudjet mablagʻlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tutash hududda zaxiradagi 0,3 gektar yer maydonida “Hunarmandlar maskani”ni barpo etish va hunarmandlarga joylarni ijaraga berish topshirilmoqda.

Shuningdek, hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari amaldagi 34tadan 43 taga koʻpaytirildi.

“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi” va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun preferensiyalar 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvargacha uzaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер