Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligiga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimligi, mudofaa ishlari boʻlimi, harbiy qism xizmatchilari hamda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar barchani yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy qutlashdi. Tuman madaniyat boʻlimi xodimlari Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar kuylashdi. Harbiylarning jangovar chiqishlari hamda qurol-aslahalar koʻrgazmasi namoyish etildi.

— Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini, unga boʻlgan muhabbatni oshirib, harbiylik kasbiga qiziqish uygʻotadi, — deydi mehnat faxriysi Muhammadrasul Kimsanboyev. — Bugungi bayram tadbiriga nabiralarimni ham olib keldim. Ular harbiy libosdagi askarlarga havas qilib, kelajakda Vatan himoyachisi boʻlish istagini bildirishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring