Yangi o’lchash turi tatbiq etildi
“Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan o’lchash ko’lami 2250 m3G’h gacha bo’lgan sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash sohasini qamrab olish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish bo’yicha amaliy ishlar olib borilayotir, deyiladi “O’zstandart” agentligi rasmiy saytida.
Xususan, ushbu o’lchash turiga hududda katta talab borligini inobatga olib, “Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan maxsus qurilmalar xarid qilindi.
Endilikda markaz mutaxassislari tomonidan mazkur yo’nalishda metrologik xizmatlarni ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, sanoat korxonalariga ortiqcha transport xarajatlarini qisqartirish, o’lchashga sarflanadigan vaqtni tejash imkonini yaratdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring