Yangi yilni oʻz uyida kutib olish baxti

09:14 23 Dekabr 2021 Jamiyat
762 0

Foto: Халқ сўзи

Zarshed Moʻminov Samarqanddagi Mehribonlik uyi bitiruvchisi. Bugun bu yigitchaning quvonchi cheksiz.

— Shu yil Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi boʻldim, — deydi Zarshed Moʻminov. — Endi esa oʻz uyimga ega boʻldim. Yangi yilni yangi uyda kutib olish baxtini soʻz bilan taʼriflab berolmayman. Men kabi boquvchisini yoʻqotgan yoshlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatib, uyli-joyli qilayotgan davlatimizga, viloyatimiz rahbarlariga rahmat aytaman.

Samarqand tumanining Pulimugʻob mahallasida yashovchi Zarshed kabi 12 nafar boquvchisini yoʻqotgan yoshlar hamda xotin-qizlarga Yangi yil bayrami arafasida yangi uy-joylar topshirildi.

Pulimugʻobdagi bu xayrli ish hali davom etadi. Tashabbuskor guruh vakillari hokimlik koʻmagida yangi qurilgan uylar yonidan yana 16 xonadonli uy qurishni ham maqsad qilganlar.

Yangi uylarni oʻz egalarga topshirishga bagʻishlangan tadbirda Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat boshqarmalari masʼullari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер