Yangi yil taʼtili kunlari Vyetnamda 94 kishi halok boʻldi
Vyetnamda Yangi yil Oy taqvimi boʻyicha nishonlanadi. Bayram kunlari yoʻllardagi baxtsiz hodisalar sababli 94 kishi halok boʻldi. Yana 98 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi milliy qoʻmitasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 10-16-fevral kunlari dam olish kunlari deb eʼlon qilingan. Ushbu davrda butun respublika boʻylab 150 dan ortiq baxtsiz hodisalar yuz berdi. Bunga asosiy sabab haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish va mast holda transport vositasini boshqarish boʻlgan.
Vyetnam yoʻl harakati politsiyasi xabar berishicha, bu yil baxtsiz hodisalar 2020-yilgi taʼtilga nisbatan 11,5 foiz kam.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring