Yangi yil bayrami va dam olish sanalarida tibbiyot muassasalari tun-u kun ishlaydi

08:26 30 Dekabr 2023 Jamiyat
768 0

Bu gal Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 30-dekabrdan 2-yanvargacha ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatadi:

— 207 ta tuman va shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari;

— 1074 ta oilaviy poliklinikalar;

— tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;

— ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;

— tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan taʼminlanib, zaxira oʻrinlari yaratilgan.

Yurtimiz boʻyicha 2835 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 229 ta tugʻruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorligini bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер