Yangi Hukumatga 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amal oshirish topshirigʻi yuklanadi

11:30 20 Noyabr 2024 Siyosat
281 0

Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Bu borada 2 mingta korxonada davlat ulushini, 5 mingdan ziyod koʻchmas mulk obyektini sotish, 16 ta yirik majmua aksiyalarini IPOga chiqarish talab etiladi.

Hukumat 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni taʼminlashi kerak.

Vazirlar Mahkamasi 2025-yilda “tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni tezlashtirib, ularning xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirishi zarur.

Bu borada 1 milliard dollarlik 18 ta davlat kompaniyasining ulushi berilgan Milliy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер