“Yandeks” ham Oʻzbekistonda soliq toʻlovchiga aylandi
2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlash tartibi joriy etilgan edi.
Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda elektron xizmat koʻrsatayotgan oʻndan ortiq chet el kompaniyasi “Internet-kompaniyalarning QQS ofisi” (www.tax.uz) orqali qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgandi.
Google, Apple, Neftlix, Facebook kabi kompaniyalar safiga endi “Yandeks” ham qoʻshildi.
Xususan, Yevropa bozoriga ixtisoslashtirilgan Yandex Europe AG kompaniyasi roʻyxatdan oʻtgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring