Yana ikkita xususiy bandlik agentligiga berilgan litsenziya toʻxtatildi
Foto: www.google.com
“Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MCHJlarga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga“Xorazm xususiy bandlik agentligi” MCHJ faoliyati ustidan koʻplab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan.
Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomining” 45-bandiga muvofiq, “Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MCHJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuniga toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
10 kun davomida “Xorazm xususiy bandlik agentligi” hamda “The Empire xususiy bandlik agentligi” MCHJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring