Oʻzbekistonlik qilichboz Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi
Foto: Olympic.uz
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ortda qoldi. Quvonarlisi, ushbu kun dasturi ham O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtib, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Bugun reja boʻyicha oʻsmir qizlar shpaga hamda sablya, yigitlar esa rapirada kuch sinashishdi. Unda sablyachimiz Fernanda Errera Lara barcha raqibalarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ahamiyatlisi, unga hal qiluvchi bahsda boshqa bir vakilamiz Ayakoz Jumamuratova raqiblik qildi.
Rapirachi yigitimiz Radmir Semyoneyev finalda gonkonglik raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylangan boʻlsa, Aziza Hamidova shpaga dasturida bronza medali bilan taqdirlandi. Bugungi kunning barcha gʻolib va sovrindorlari:
Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati (U-17)
Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera Lara (Oʻzbekiston)
2. Ayakoz Jumamuratova (Oʻzbekiston)
3. Veronika Vasileva (Avstraliya)
3. Samira Shokirova (Oʻzbekiston)
Rapira, yigitlar:
1. Tit Nam Chen (Gonkong)
2. Radmir Semyoneyev (Oʻzbekiston)
3. Notetakod Vangpaisit (Tailand)
3. Chi Shun Yuen (Gonkong)
Shpaga, qizlar:
1. Xailin Chen (Gonkong)
2. Zi Cheng Chung (Singapur)
3. Aziza Hamidova (Oʻzbekiston)
3. Prachi Loxan (Hindiston)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring