Yana bir OTM masofaviy taʼlimga oʻtkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida taʼlim jarayoni masofaviy shaklga oʻtkazildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent shahrida COVID-19 bilan kasallanish holatlari ortayotganligi, universitetimiz professor-oʻqituvchilari, talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda 2021-yilning 19-aprel sanasidan universitetda oʻquv jarayoni masofaviy shaklga oʻtkazilishiga qaror qilindi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, anʼanaviy oʻquv jarayoniga qaytish borasida qoʻshimcha xabar beriladi”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring