Yana bir muhim qonun maʼqullandi

15:51 28 Fevral 2019 Jamiyat
1602 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Xalq soʻzi online. Munisxon Karimova. “Baʼzi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ham senatorlar tomonidan muhokama etildi. Qonunda Oʻzbekiston Respublikasining bir qancha qonunlariga Qonunchilik palatasi deputatlari va Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlash mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonunda Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir boʻlganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga aniqlik kiritishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunlarni sharhlash va (yoki) muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi taqdimnomani Oliy sud raisi tomonidan Oliy sud Plenumi koʻrib chiqishi uchun kiritish haqidagi norma bilan toʻldirilmoqda.

Bundan tashqari, bir qator qonunlarga Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi vakolatli vakilining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari majlislarida qonun loyihalari muhokamasida ishtirok etish huquqini, Vazirlar Mahkamasining aʼzolariga, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga yuborilgan parlament soʻroviga, shuningdek senatorning, Qonunchilik palatasi deputatining soʻroviga oʻz vaqtida javob yuborilishini taʼminlashda koʻmaklashish, shuningdek qonun ijodkorligi faoliyati va parlament nazorati sohasida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlash funksiyalarini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер