Yana bir hokim kechirim soʻradi
Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining Vl chaqiriq 10-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Sessiya ishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting koʻrsatkichlari natijasiga koʻra Kasbi tumani “qoniqarsiz” deb topilishi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari masalalar koʻrib chiqildi.
Sessiyada xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tashkilot hamda muassasalar rahbarlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Kasbi tuman hokimi T.Meyliyev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini bajarilishini taʼminlash va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida axborot berdi.
Taʼkidlash lozimki, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 1-mayda “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, oʻtgan yil uchun reyting baholash natijalarini har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar aniqlash hamda Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilish belgilangan.
Joriy yil 24-sentyabr kuni prezidentimiz raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda tuman va shaharlar “yashil”, “sariq” va “qizil” hududlarga ajratildi.
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash reytingida Kasbi tumani 13 ta koʻrsatkich boʻyicha reyting koʻrsatkichi boshqa hududlardan past koʻrsatkichni tashkil qilib, “qizil” hududga tushib qoldi.
Tuman rahbarining taʼkidlashicha, tumanning qizil hududga kiritilishiga baholashning asosiy 8 ta ustuvor yoʻnalishlaridan 5 tasi boʻyicha past koʻrsatkichlarni egallaganligi sabab boʻlgan.
Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 125,1 milliard soʻmni, aholi jon boshiga 645 ming soʻmdan toʻgʻri kelgan va umumiy ball 0,09 balni tashkil qilmoqda.(viloyat boʻyicha 13 oʻrin). Buning asosiy sabablaridan biri, tumanda mavjud bitta yirik sanoat korxonasi “Kasbi paxta tozalash” AJ 2018-yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmini 135,6 milliard soʻmga kamaytirgan yoki 2019-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 67,2 foizni tashkil etdi.
Xizmatlar hajmi ham 189,1 milliard soʻm yoki aholi jon boshiga 976 ming soʻmni tashkil qilib, reyting koʻrsatkichi 0,07 ballni tashkil qilgan. (viloyat boʻyicha 14 oʻrin).
Oʻtgan yilda xizmat koʻrsatish sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmasligi hisobiga aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan xizmatlar hajmi viloyat koʻrsatkichidan past darajani tashkil qilgan. Markazlashmagan investitsiyalar hajmi 448 milliard soʻm yoki aholi jon boshiga 2,3 million soʻmdan toʻgʻri kelib, reyting koʻrsatkichi 0,10 ballni tashkil qilgan. (viloyat boʻyicha 7 oʻrin).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan takroriy murojaatlar soni 40 tani tashkil qilgan. (viloyat boʻyicha 5 oʻrin). Xususan, ichki yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha 17 ta fuqaro, uy-joyini taʼmirlab berishni soʻrab 12 ta fuqaro, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 14 – sonli qaroriga asosan fermer xoʻjaliklarini yer maydoni maqbullashtirilganligi natijasida fermer xoʻjalik yerlarini qaytarib berilishini soʻrab 11 ta fuqaro tomonidan hokimlik va mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan javoblardan qoniqmasdan takroran murojaatlar kelib tushishiga sabab boʻlgan. Kelib tushgan 1029 ta murojaatlarning 497 tasi yoki 48 foizi qanoatlantirilgan. (viloyat boʻyicha 14 oʻrin)
– Men hamda 4 sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda 2019-yil reyting koʻrsatkichlari yakunlari boʻyicha “qizil hududga” kirib qolganligi sababli, sizlardan hamda sizlar orqali tuman aholisidan kechirim soʻraymiz, – dedi tuman hokimi T.Meyliyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring