Yana bir davlat koronavirusni yengdi

05:26 14 May 2020 Dunyo
2310 0

Foto: lenta.ru

Yana bir davlat — Tailandda koronavirus chekindi, epidemiya boshlanganidan beri ilk bor bu yerda birorta ham kasallikka chalinish va oʻlim holatlari qayd etilmadi.

Ijobiy holatga qaramasdan, hukumat aholini ehtiyot choralaridan voz kechmaslikka chaqirmoqda. Yaʼni masofani saqlash, niqob taqish va qoʻllarni yuvishni unutmaslikni taʼkidlamoqda.

Shu kunga qadar Tailandda 3017 kishida koronavirusga chalinish bilan bogʻliq holat qayd etilgan boʻlib, 56 kishi vafot etgan. 2844 kishi sogʻaygan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oxirida Vyetnam ham koronavirusni yenggani maʼlum qilingandi.

Shundan soʻng bu davlatda karantin bekor qilindi. Xususan, yirik shaharlarda tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berildi, qahvaxona va doʻkonlar ochildi. Xabar qilinishicha, maktablarda darslar boshlangan, jamoat transporti ishga tushgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер