Yana bir bor taʼkidlayman, yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarni ommaviy sport bilan qamrab olish – bu siyosat — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident yoshlarning sport maktablari bilan qamrovini 1,3 baravarga oshirib, 520 ming nafarga yetkazish vazifasini qoʻydi.
Bundan tashqari, 69 ta tumandagi sport maktablarida kamida 20 ta, 47 tasida 15 ta, qolgan 91 tasida 10 ta olimpiya sport turlariga tayyorlashni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Yil yakunigacha 508 ta mahallada koʻp funksiyali sport maydonchalarini qurishga koʻrsatma berildi.
«Yana bir bor taʼkidlayman, yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarni ommaviy sport bilan qamrab olish – bu siyosat.
Qoraqalpogʻiston, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlab, ishlarni yaxshi boshladi.
Bugungi selektordan ayniqsa tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlari xulosa qilib, ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha ishlarni jadallashtirishi kerak. Bu borada soʻrov doimiy va qattiq boʻladi», dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring